Kecha, 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda uning huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan Temuriylar tarixi davlat muzeyida “MDH muzeylarida Yevroosiyo merosi” nomli xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiya davomida Butunrossiya dekorativ san'at muzeyi bosh maslahatchisi, “Hamdo'stlik merosi. Kelajak uchun an’analar” dasturi g’oyasi muallifi, ilmiy rahbari Andreeva Galina Borisovna “MDH muzeylarida Yevroosiyo merosi. Aloqa nuqtalari” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, mavzu atrofida muhokamalar bo'lib o'tdi.
40 dan ortiq mutasaddilarning ma’ruzalari arxeologiya, an'anaviy liboslar, zargarlik buyumlari, zardo‘zlik buyumlari, shuningdek, san’atshunoslarning dekorativ san’atdagi o‘zaro ta’sirlar, grafik va rassomlar ijodida mahorat aks etishi masalalariga bag'ishlandi.
Tadbirda o'z ishida an'anaga tayanadigan dizaynerlar ishidagi tendensiyalar haqidagi ma’ruzalar alohida e'tirof etildi.


