1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Mehmonxona, restoran va boshqa ob'ektlarning tayyor loyihalari tadbirkorlarga taklif etiladi

Prezident O'zbekiston neft-gaz resurslarini sotish hisobiga yuqori iqtisodiy o‘sishni taʼminlay olmasligini ma'lum qildi.

Mehmonxona, restoran va boshqa ob'ektlarning tayyor loyihalari tadbirkorlarga taklif etiladi

 

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazgan Shavkat Mirziyoyevning taʼkidlashicha, endi mehmonxona, restoran, savdo kompleksi, avtoturargoh, yoqilg‘i shoxobchasi, kemping kabi ob'ektlarning tayyor loyihalari tadbirkorlarga taklif etiladi.
 

Prezidentning aytishicha, tadbirkorlik jamg‘armasi iqtisodiyotning yana bir drayveri bo‘lgan xizmatlar sohasiga masʼul bo‘ladi. Jamg‘armaga salohiyatli o‘rta biznes korxonalariga ulushdor bo‘lib kirish vakolati beriladi. Buning uchun joriy yilda jamg‘armaga qo‘shimcha 25 million dollar, kelgusi yilda yana 100 million dollar ajratiladi.

 

"O‘rta korxonalar faoliyatini kengaytirishi uchun ularga yangi investor va brendlarni jalb qilishga ko‘maklashish zarur. Shu bois, agar korxona xorijiy brend va investor bilan kelishuvga erishsa, unga yangi tashkil qilingan Sanoat jamg‘armasi 25 foizigacha kapitaliga sarmoya bilan kirishi mumkin bo‘ladi", — deydi davlat rahbari.

 

Shu bilan birga, jamg‘arma tomonidan o‘rta biznes uchun xorijiy valutadagi kreditlarga ham kafillik beriladi. Jamg‘arma turizm, savdo va servis sohalarida “xizmatlar ipotekasi” tizimini joriy qiladi. Shuningdek, jamg‘arma tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish obekti uchun yer sotib olish, bino-inshootlar qurish va aylanma mablag‘i uchun ham resurs ajratadi.

 

Bu ikkita yangi tizim 1-oktyabrdan to‘laqonli ishga tushiriladi. Bundan tashqari, prezident yangi bozorlarga sifatli va raqobatbardosh mahsulot bilan kirish masalasiga ham to‘xtaldi.

 

"Bir narsani to‘g‘ri tushunish kerak. Biz ayrim mamlakatlar kabi neft-gaz resurslarini sotish hisobiga yuqori iqtisodiy o‘sishni taʼminlay olmaymiz. Bizning ‘neftimiz‘ ham, ‘gazimiz‘ ham bu – siz kabi tashabbuskor va ishbilarmon tadbirkorlar xom ashyoddan yaratayotgan yuqori qiymatli va sifatli mahsulotlardir", - dedi davlat rahbari.

 

Mahsulotlar tashqi bozorlarda sifatli, talabgorligi yuqori va raqobatbardosh bo‘lishi uchun ishlab chiqarishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqib, keskin o‘sish qilish zarurligi taʼkidlandi. Xalqaro maydondagi vaziyat hisobiga logistika xarajatlari 3-4 baravar oshib ketganini hisobga olib, davlat eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni izchil davom etishi maʼlum qilindi.

 

Shuningdek, logistika xarajatlarini kompensatsiya qilishga qo‘shimcha 100 million dollar yo‘naltiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика