Meksikada qamoqxonadagi ikki kartel aʼzolari oʻrtasida boshlangan toʻqnashuv koʻchalarda ham davom etdi. Bu haqda “The Guardian” nashri yozmoqda.
Mojaro mahalliy jinoiy toʻda aʼzolari oʻrtasida boshlangan. Janjal ularning tashqaridagi sheriklari oʻrtasida ham davom etgan. Hodisa oqibatida qamoqda ikki kishi halok boʻlgan va 20 kishi jarohat olgan.
Koʻchalardagi toʻqnashuvda esa yana toʻqqiz kishi, jumladan, radiostansiyaning toʻrt nafar xodimi qurbon boʻlgan. Mojaro sabablari hozircha nomaʼlum.


