1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Meksikada o‘zbekistonliklar hibsga olingani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi

O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi zudlik bilan Meksikaning AQSHdagi elchixonasi, Migratsiya milliy instituti va ushbu mamlakatning boshqa muassasalari bilan muzokaralar olib borgan.

Meksikada o‘zbekistonliklar hibsga olingani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi

 

Meksikada jinoyatchilar tomonidan o‘g‘irlangan 7 nafar o‘zbekistonlik qutqarilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili holat bo‘yicha maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi zudlik bilan Meksikaning AQSHdagi elchixonasi, Migratsiya milliy instituti va ushbu mamlakatning boshqa muassasalari bilan muzokaralar olib borgan.

 

Natijada diplomatik missiya maʼlumotlariga ko‘ra, hozirga qadar barcha o‘zbekistonliklar qo‘yib yuborilgan va Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan.

 

«Ularning hayotiga hech qanday tahdid yo‘q. Barcha fuqarolarimizning shaxsi aniqlangan. Meksikalik hamkorlar bilan O‘zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика