1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Meksikada ro‘y bergan yong‘inda qurbon bo‘lganlar soni 40 nafardan ortdi

Yong‘in AQSH chegarasidan noqonuniy o‘tishga uringan migrantlar saqlanayotgan markazda ro‘y bergan.

Meksikada ro‘y bergan yong‘inda qurbon bo‘lganlar soni 40 nafardan ortdi

 

Meksika shimolidagi Syudad-Xuares shahrida migrantlar vaqtinchalik ushlab turiladigan markazda ro‘y bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan migrantlar soni 40 kishiga yetdi. Xabarda taʼkidlanishicha, yong‘inni migrantlarning o‘zlari norozilik belgisi sifatida keltirib chiqargan.

 

Avvalroq Meksikaning INM migratsiya milliy instituti yong‘in oqibatida 39 kishi halok bo‘lgani, 28 kishi jarohat olgani haqida maʼlum qilgan edi.

 

“40 nafar xorijlik migrantlar qurbon bo‘ldi, 28 kishi jarohat oldi. Bundan tashqari, 15 nafar voyaga yetmagan xorijliklarga yordam ko‘rsatilmoqda. Ular yong‘in ro‘y bergan paytda migrantlar yashayotgan joydan olib chiqilgan”, — deyiladi INM saytida berilgan xabarda.  

 

Eslatib o‘tamiz, yong‘in kuni kecha AQSH chegarasidan noqonuniy o‘tishga uringan migrantlar saqlanayotgan markazda ro‘y bergan. Meksika Prezidenti Lopes Obradorning aytishicha, migrantlar vatanlariga deportatsiya qilinishiga qarshi norozilik belgisi sifatida ko‘rpa-to‘shagiga o‘t qo‘ygan.  

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика