Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham “Oltin to‘p” uchun o‘tkazilgan ovoz berish natijalaridan norozi bo‘ldi. Nufuzli mukofotni argentinalik hujumchi Lionel Messi oldi. Ikkinchi o‘rinni norvegiyalik hujumchi Erling Holand egalladi. Kuchli uchlikni Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe yakunladi.
“Menimcha, Mbappe bu g‘alabaga loyiq edi. Men Messi ham, Holand ham bunga loyiq emas deb aytmayman. Mbappe yosh, u erishgan narsa "Oltin to'p"ga loyiqdir. Uning aniq hafsalasi pir bo'lgan. Ayrimlarning ovozidan hayratda qoldim. Mbappeni kuchli beshlikka kiritmaslik... Bu insofsizlik, - dedi Desham.
Eslatib o‘tamiz, bu yil Messi sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibiga aylandi.


