1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Mening eski qadrdonim”

Xitoy tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokara o‘tkazdi.

“Mening eski qadrdonim”

 

Sergey Lavrov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.  Uchrashuv chorshanba kuni Xitoy sharqidagi Tunsi shahrida bo‘lib o‘tgan.

 

“Yil boshidan buyon Xitoy-Rossiya munosabatlari xalqaro vaziyatning o‘zgarishi fonidagi sinovlarni yengib o‘tdi. Biz to‘g‘ri yo‘nalishni saqlab qoldik, qatʼiy rivojlanish tendensiyalarini namoyish etdik”, – degan Van I.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, ikki davlatning o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga harakatlari yana-da qatʼiylashgan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy tomoni bunga katta ahamiyat bermoqda. Shu bilan birga diplomat Sergey Lavrovni “eski do‘st” deb atagan.

 

Lavrov 31-mart kuni Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlar konferensiyasida ishtirok etish uchun Xitoyga kelgan.

 

Avvalroq  RF tashqi ishlar vaziri AQSHni qator davlatlar siyosatiga taʼsir o‘tkaza olmasligini maʼlum qilgandi

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика