1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Merkelga o‘xshamagan Shols, Makron — yangi de Goll

AQSH prezidenti yevropalik hamkasblariga baho berdi.

Merkelga o‘xshamagan Shols, Makron — yangi de Goll

 

AQSH prezidenti Jozef Baydenning shaxsiy suhbatlarda Yevropa rahbarlari haqidagi fikrlari eʼlon qilindi. Bu haqda NBC Oq uydagi manbalariga tayanib xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, Bayden Ukraina inqirozi fonida Yevropada tobora unga “tanish chehralar” tobora kamayib borayotganini maʼlum qilgan. Telekanalning taʼkidlashicha, AQSH yetakchisi Rossiya xatti-harakatlariga qarshi muvofiqlashtirilgan javob qaytarishda NATO davlatlarning turli pozitsiyalari tufayli qiyinchikka duch kelgan.

 

Shu bilan birga Bayden Yevropadagi hamkasblari haqida bir qancha hazilomuz fikrlar bildirgan. Xususan, u Germaniya yangi kansleri Olaf Shols Angela Merkeldan butunlay farq qilishini, Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron esa yangi Sharl de Gollga aylanmoqchi ekanini qayd etgan.

 

(de Goll ikkinchi jahon urushida fashistlar Germaniyasiga qarshi kurashgan, Fransiya beshinchi respublikasi asoschisi, 1959-1969-yillarda prezident bo‘lgan. u hozirda Fransiya eng yangi tarixidagi eng mashhur shaxslardan hisoblanadi).

 

Bayden Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonni “to‘lqinli feʼl-atvor” egasi sifatida baholagan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bayden-Shols muzokaralari to‘g‘risida xabar berilgandi.

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика