Argentina terma jamoasi va Mayamining “Inter” klubi hujumchisi Lionel Messi o‘z klubining MLS Amerika ligasidagi navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
Ertaga, “Inter Mayami” “Nyu-York Siti” bilan o‘yin o'tkazadi, biroq argentinalik futbolchi avvalroq olgan jarohati tufayli unda ishtirok etmaydi. 36 yoshli futbolchi Argentinaning Salvador va Kosta-Rikaga qarshi ikkita o‘yinini o‘tkazib yuborgan va tiklanishda davom etmoqda.
Joriy mavsumda Messi barcha musobaqalarda beshta uchrashuvda ishtirok etib, beshta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.


