1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Messi va Fransiya Prezidenti Mbappeni Parijda qolishini istayapti

“PSJ” Kilian Mbappeni yana bir necha yil jamoada olib qolishi mumkin. Shu yozda klub tarkibiga kelib qo‘shilgan Lionel Messi fransuz futbolchisining Parijda qolishini xohlamoqda.

Messi va Fransiya Prezidenti Mbappeni Parijda qolishini istayapti

 

U Kilian bilan bu masalada gaplashib ko‘rgan. Shuningdek, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham Mbappeni klubda olib qolishga ko‘ndirishi mumkin. Parijliklar hujumchi bilan  yana bir bor yangi shartnoma imzolashga harakat qiladi.

 

Xabarlarga ko‘ra, futbolchiga oldingiga qaraganda yuqori maosh va ikki yillik shartnoma taklif qilinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe shu yozda «Real Madrid» klubiga o‘tmoqchi edi, biroq fransuz klubi taklifiga «Real» rahbariyati rozilik bermadi. Shu sababli Mbappe transferi keyingi yozga qoldirilgandi.

 

Avvalroq “Barselona” himoyachisi Jerar Pike faoliyatini qayerda yakunlashi haqida xabar bergan edik.

 

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика