1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

Meta 10 ming xodimini qisqartiradi

Sukerberg kompaniyaga qachon yangi ishchilar qabul qilishini aytdi.

Meta 10 ming xodimini qisqartiradi

 

Facebook, WhatsApp va Instagram egasi Meta Platforms Inc. kompaniyasi 10 ming ish o‘rinlarini qisqartirish rejasini eʼlon qildi. Bu ommaviy ishdan bo‘shatishning ikkinchi to‘lqinidir. O‘tgan yil noyabr oyida kompaniya 11 ming xodimini ishdan bo‘shatgandi.

 

Meta bosh direktori Mark Sukerberg kompaniyada 2022 yilda daromad o‘sishida keskin pasayish yuzaga kelganini aytdi.

 

Meta avvalroq 2022 yilning so‘nggi uch oyida daromadlar yiliga 4 foizga kamayganini eʼlon qilgan bo‘lsa-da, 2022 yil davomida 23 milliard dollardan ortiq foyda olishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Sukerberg Meta faoliyatiga taʼsir etuvchi omillar sifatida AQSHdagi foiz stavkalarining oshishi, global geosiyosiy beqarorlik ekanligini aytib o‘tdi.


«Menimcha, biz tayyorlanishimiz kerak, chunki bu yangi iqtisodiy holat yillar davomida saqlanib qolishi mumkin» – dedi u.

 

Sukerberg kompaniyani qayta qurish tugallanmaguncha yangi xodimlar qabul qilinmasligini aytdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика