1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Metan zapravka qurmang — gaz berilmaydi” — Bosh vazir o‘rinbosari

Jamshid Xo‘jayev hozirda ishlab turgan metan zapravkalarga ham gaz yetishmayotganligi sababli, Qoraqalpog‘istonlik tadbirkorni metan zapravka qurmaslikka chaqirdi.

“Metan zapravka qurmang — gaz berilmaydi” — Bosh vazir o‘rinbosari

 

2026-yil 6-fevral kuni O‘zbekiston hukumati vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida hududdagi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar, jumladan, yoqilg‘i quyish shoxobchalari qurilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

 

Uchrashuvda Amudaryo tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkor avtomobillar uchun elektr, gaz va benzin zapravkalari qurishni rejalashtirayotganini, ushbu maqsadda 40 sotix yer maydoni ajratilgani hamda qurilish uchun zarur jihozlar tayyor ekani ma’lum qildi. Shu bilan birga, metan zapravka qurish uchun Energetika vazirligidan ruxsat olish jarayonida muammolar mavjudligi aytilib, ushbu masalada ko‘mak so‘radi.

 

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev masalaga izoh berar ekan, hozirgi vaqtda mavjud metan zapravkalarini ham gaz bilan ta’minlashda qiyinchiliklar kuzatilayotganini ta’kidladi. Shu sababli yangi metan zapravkalar qurilishiga ruxsat berilmayotganini ta'kidladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanovning ma’lum qilishicha, metan zapravkalar qurilishiga cheklov joriy etilgani haqida tadbirkorlar oldindan ogohlantirilgan. Unga ko‘ra, ushbu cheklov o‘tgan yildan boshlab amal qilmoqda va hozirda yangi metan zapravkalar qurilishi uchun ruxsat berilmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика