1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Metan zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritilmoqda

Bunga qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida kuzatilgan texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

Metan zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritilmoqda

Mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda. Bu haqida Energetika vazirligi xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqarganligi sababli zarur choralar ko‘rilmoqda.

 

Jumladan, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarida tabiiy gaz bosimi pasayishini oldini olish maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda.

 

Bu zaruriy choralar vaqtincha bo‘lib, gaz bosimini meʼyorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini maʼlum qilamiz.

 

“Holat haqida qo‘shimcha maʼlumot beriladi”, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика