4-sentabrdan metro bekatlariga yaqin 31 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti ma’lum qilindi.
Toshkent shahar metropolitenida yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash, talabalarning o‘z vaqtida dars mashg‘ulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, yuqoridagi suratda nomlari sanab o'tilgan 31 ta ta'lim muassasalari talabalari oʻzgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.
Ma'lumot uchun, Prezident farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2-sentabr — shanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli 1-3-sentyabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi. Shu sababli respublikadagi barcha davlat oliy va professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda yangi — 2023/2024-o‘quv yili 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanadi.


