1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Metroda qizga shilqimlik qilgan erkak qamaldi

U o‘z aybiga iqror bo'lgan.

Metroda qizga shilqimlik qilgan erkak qamaldi

 

Toshkent metrosida qizga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak uch sutkaga qamaldi.

 

Xabarlarga ko‘ra, 26-iyul kuni fuqaro “Amir Temur” bekati elektrpoyezdi ichida qizga shahvoniy shilqimlik qilganlikda ayblangan. Sud majlisida huquqbuzar o‘z aybiga iqrorligini, qizning belidan pastiga qo‘li ketib qolgani, biroq bu kabi harakatni qasddan qilmaganini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘radi.

 

Erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 411-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topildi va unga ushbu moddaga asosan uch sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика