1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Mevé × OCARD: O‘zbekistonni dunyoga taqdim etuvchi premium qadriyatlar

“Hilton” mehmonxonasining rasmiy zalida ikki tadbirkor ayolning hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mevé × OCARD: O‘zbekistonni dunyoga taqdim etuvchi premium qadriyatlar

Xabaringiz bor, yurtimizda so‘nggi yillarda tadbirkorlik sohasiga bo‘lgan eʼtibor, ularni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa, ayollar tadbirkorligi nafaqat iqtisodiy taraqqiyotning, balki jamiyatning maʼnaviy yuksalishi va tenglik tamoyillarining ham asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib bormoqda. Ular biznesda innovatsiyalar, ijodkorlik va ijtimoiy masʼuliyatni uyg‘unlashtirgan holda, mamlakat taraqqiyotida yangi sahifalar ochmoqda. Xususan, milliy brend yaratish, yurtimizning tarixi va madaniyatini dunyoga tanitishda aynan ayollar jonbozlik ko‘rsatayotgani ham sir emas.

 

Bugun poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasining rasmiy zalida ikki tadbirkor ayolning hamkorlik memorandumi imzolandi. Ulardan biri yurtimizning tabiiy quruq va ho‘l mevalarini milliy ruh hamda tarixiy naqshlar bilan bezatilgan to‘plamlari bilan mashhur bo‘layotgan “Mevé” bo‘lsa, yana biri 24 karat oltin zarrachalari bilan tayyorlanib, O‘zbekistonni dunyoga tabiiy resurslari va innovatsiyaga tayyor ekanini namoyon qilayotgan brend “OCARD”dir.

 

 

“Mevé” quritilgan mevalari tabiiyligi bilan eʼtibor qozondi. Har bir qutida bolalikdagi bog‘lar hidi, samimiylik va ijodkorlik bor. Har bir to‘plamlardagi qadimiy naqshlar, estetik did va zamonaviy qadoqlanishi mahsulotga alohida qiymat qo‘shadi. Shu orqali “Mevé” qutilari dunyo bozorida organik mahsulot sifatida nafaqat taʼm, balki milliy madaniyatni ham namoyon etadi. Bugungi kunda ushbu brend Tojikiston va Ozarbayjon davlatlarida o‘z shourumlariga ega. “OCARD” suvi ham oddiy ichimlik suvi emas. Bu suvni ichgan odam nafaqat chanqog‘ini bosadi, balki o‘zida kuch va yangilanish hissini topadi. Bugungi kunda 15 dan ortiq davlatlarga eksport bo‘lmoqda. Bugun imzolangan ushbu memarandumga ko‘ra endilikda ikki milliy brendni bir to‘plamda ko‘rishingiz mumkin.

 

 

Bu hamkorlikning iqtisodiy qiymati katta. Mahsulotlar xalqaro bozorga chiqishi bilan eksport hajmi oshadi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish kengayib, yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

 

 

 

Dunyoda bunday tajribalar ko‘p. Masalan, Turkiyadagi “Hafiz Mustafa” brendi shirinliklarini nafaqat mazasi, balki milliy naqshli qutilari orqali ham ommalashtirgan. Shu yo‘l bilan brend nafaqat pul topmoqda, balki Turkiyaning madaniy qiyofasini ham dunyoga namoyon qilmoqda. Xitoyning “green tea” eksporti yoki Koreya kosmetikasi ham xuddi shunday: mahsulot sifati bilan birga, qadimiy madaniy ruhni ham tashiydi.

    

 

O‘zbekiston ham shu yo‘ldan ketmoqda. “Mevé” va “OCARD” brendi orqali yurtimiz nafaqat iqtisodiy daromad oladi, balki milliy madaniyat, tarixiy naqshlar va yurtimizda ayol tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlarni ham dunyoga ko‘rsatadi.

 

“Mevé” va “OCARD”ning birlashishi suv va meva uyg‘unligini yangi maʼnoda namoyon qildi. Bu nafaqat tijorat, balki madaniy va maʼnaviy ahamiyatga ega qadam. Chunki suv hayot, meva esa rizq. Ular qo‘shilganda, insonning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlari uyg‘unlashadi.

 

Bu hamkorlik orqali O‘zbekiston dunyoga nafaqat tabiiy mahsulotlari balki xizmat ko‘rsatishda sifat va estetik madaniyat hamda go‘zal tariximizni namoyon qiladi. Shu bois, bu loyiha ikki brend uchun ham yangi tarixning boshlanishi, yangi imkoniyatlarning ochilishidir!

 

*Reklama huquqi asosida

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика