Meyson Grinvud porlamoqda. "Marsel" yarim himoyachisi Liga 1da dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi (bu mavsumda ikkinchi marta). Angliyalik futbolchi 2024-yilning so‘nggi oyida uchta o‘yinda ikkita gol urdi. "Marsel" Fransiya chempionatida ishonchli tarzda ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Bunda Meysoning o'rni juda ham katta. Grinvud 6 oy ichida "Manchester Yunayted"dan 1-liga yulduziga aylandi.
Grinvud "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo 2022-yil boshida futbolchi katta bir janjalga aralashib qoladi. Shundan so'ng futbolchini o'yinlar va mashg'ulotlardan chetlashtirish boshlandi. Grinvud oxir-oqibat oqlandi, ammo 2023/2024-yilgi mavsumni "Xetafe"da (ijara) o'tkazdi. Meyson 36 uchrashuvda gol+pas tizimida 16 (10+6) ochko jamg‘argan. 2024-yilning yozida esa "Manchester Yunayted" futbolchini sotish yaxshiroq degan qarorga keldi. "Marsel" esa angliyalikni sotib olish uchun 26 million yevro to'lashga qaror qildi. Mazkur transferdan barcha muxlislar xursand bo'lishmadi. Biroq, “Marsel” ustozi Roberto De Zerbiga Grinvud kerak edi.
"Marsel" bosh murabbiyi
“Grinvudning oldingi faoliyati muhim emas. Klubimiz bilan shartnoma imzolagan futbolchilar mening farzandlarimga aylanishadi. Men ularni nima bo'lishidan qat'iy nazar himoya qilaman”.
Meyson birinchi o'yinlardanoq faollik ko'rsatdi. "Brest"ga qarshi dubl (5:1), "Reyms" (2:2) va Tuluzaga bittadan gol (3:1). Grinvud avgust oyida Liga 1ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Muxlislar esa "Marsel"ni chempionlikka da'vogar sifatida gapira boshlashdi. Umuman olganda, Meyson o'zini kuchli jamoaning yetakchisi sifatida his qilmoqda. U "Manchester Yunayted"da aynan shu narsaga umid qilgan, ammo bu Fransiyada amalga oshdi.
"Marsel" prezidenti Pablo Longoriya oktabr oyida bo'lib o'tgan futbol sammitida Grinvudni transfer qilish qarori oson bo'lmaganini aytdi: "Biz tez fursatda qaror qabul qildik. Muayyan kelishmovchiliklar bo'ldi, lekin biz uddaladik. Biz eng yaxshi qarorni qabul qilish uchun barcha ma'lumotlardan foydalandik va muvaffaqiyatga erishdik. Avvalo, Roberto De Zerbi bilan suhbatlashdik. Ko'rinib turibdiki, murabbiy Meysonni avvaldan bilgan. Biz Grinvudning iste'dodiga ishonamiz. U ajoyib o'yin ko'rsatmoqda".
"Give me Sport" nashrining xabar berishicha, "Manchester Yunayted" rahbariyatidagi ba'zi odamlar Grinvudni sotganidan afsuslanishgan. Mankunianlik katta pul yo'qotganliklarini tushunishgan. Ularning fikricha, Meysonning transfer qiymati 100 million funt sterlingni tashkil qiladi.
Grinvud 1-ligada to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda. U 17 o'yindan so'ng 11 ta gol urdi. Meyson "Xetafe"da ijarada bo'lgani dastlab maydonda o'zini ishonchli his qilmoqda. U bilan bo'lgan vaziyat Markus Reshford uchun yaxshi namunadir. Forvard ayni vaqtda "Manchester Yunayted"dan ketmoqda.


