1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Noqonuniy ishdan boʻshatilgan salkam 300 nafar shaxs MIB tomonidan ishga tiklandi

Shuningdek, qidiruvdagi aliment majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlab kelayotgan 1 472 nafar fuqarolar topildi.

Noqonuniy ishdan boʻshatilgan salkam 300 nafar shaxs MIB tomonidan ishga tiklandi

 

Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latovning ma’lum qilishicha, MIB tomonidan joriy yil 1-chorakda noqonuniy ishdan bo‘shatilgan 255 nafar shaxs ishga tiklanib, 29,5 mlrd so‘m to‘lanmagan ish haqi undirib berildi.

 

Qayd etilishicha, byuro organlari tomonidan joriy yilning 1-choragida ijro etish sohasida 6,5 trln. so‘mlik undiruvlar amalga oshirilib, amalda bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 500 mlrd. so‘mga oshganligini ko‘rsatmoqda. Birgina, davlat foydasiga 1,9 trln so‘m, tadbirkorlik subyektlari foydasiga 1,7 trln so‘m va banklarga 2,5 trln so‘m mablag‘lar undirildi. Jumladan, fuqarolar manfaatlari uchun 400 mlrd. so‘mdan ortiq undiruvlar amalga oshirildi.

 

Ta'kidlanishicha, fuqarolarning mol-mulkiga dahl qilmasdan va majburiy ijro harakatlari o‘tkazilmasdan axborot texnologiyalari yordamida masofaviy tarzda ishlaydigan 15 ta tumanlararo bo‘limlari tomonidan 160 mlrd so‘mlik  431 mingta hujjatlar ijro qilindi.

 

Energiya resurslari sohasida ham 28 ming 200 dan ziyod ijro ishlari tamomlanib, 392,8 mlrd so‘mlik qarzdorliklar undirildi.

 

Farrux Toshpo‘latovning qo'shimcha qilishicha, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, prezidentning tegishli Farmoni bilan ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlar uchun joriy etilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” hisobiga 209,1 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 495 mlrd so‘mlik aliment mablag‘lari undirildi.

 

“Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi hisobidan voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan qarzdorlarning 487 nafar undiruvchilariga 6,2  mlrd. so‘m zarar  pullari  to‘lab  berildi. Ishsiz aliment to‘lovchilarning 6.159 nafari ishga joylashtirildi, 11.200 dan ortiq oilalar yarashtirildi.

 

Shuningdek, muqaddam noqonuniy tarzda ishdan bo‘shatilgan 255 nafar shaxslar ishga tiklandi va ularga to‘lanmasdan qolgan 29,5 mlrd so‘m ish haqlari undirib berildi.

 

Byuroning rasmiy saytida aliment majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlab kelayotgan va qidiruv e’lon qilingan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirilib borilmoqda va tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 1 472 nafar fuqarolar topildi.

 

Shu bilan birga, byuro faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda. Masalan, fuqarolarni bezovta qilmaslik maqsadida elektron tizim orqali 1 mln. so‘mgacha bo‘lgan 117 mingta ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv avtomatik ravishda qarzdorlarning ish haqiga qaratildi. Qarzdorlarga “SMS - Xabarnoma” avtomat tizimi orqali har bir  ijro harakatlari bo‘yicha  7 mln.dan ortiq ta xabarlar  yuborildi. Bundan tashqari, “MIB.UZ” mobil ilovasi orqali qarzdorliklar, taqiqlar haqidagi ma’lumotlarni olish hamda qarzdorlikni bartaraf etish imkoniyatlari ham yaratildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика