Majburiy ijro byurosi ma’lumotiga ko‘ra, N.T. ismli shaxs o‘z uyini sotish uchun A.T. bilan kelishgan va undan to‘lovning bir qismini olgan. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, uyga yana bir “xaridor” topilib, N.T. ikkinchi shaxsdan ham pul olgani ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sud qarori bilan N.T.ga nisbatan jazo tayinlanib, A.T. foydasiga 70 million so‘m miqdoridagi moddiy zarar undirilishi belgilangan.


