1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

MIB tomonidan 742 ming 476 ta ijro hujjatining muddati buzilgan holda ijro etilgan

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi N.Umarov sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan Majburiy ijro byurosiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masala yuzasidan munosabat bildirdi.

MIB tomonidan 742 ming 476 ta ijro hujjatining muddati buzilgan holda ijro etilgan

 

 

Uning taʼkidlashicha, qo‘mita tomonidan mazkur sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish holati o‘rganib chiqilgan. Tahlillar asosida bugungi kunda Byuro organlarining faoliyatida ayrim kamchiliklar mavjud ekanligi aniqlandi.

 

Xususan, maʼlumotlarga ko‘ra, Byuro organlari 2020 yil 1 yanvar holatiga jinoyat, maʼmuriy, fuqarolik, iqtisodiy sudlar va boshqa organlarning jami 48,7 trillion so‘mlik 3 mmillion 788 ming 927 ta ijro hujjati ish yurituvda bo‘lgan. Yil davomida 34,5 trillion so‘mlik 2 million 698 ming 476 ta ijro hujjati tamomlangan va tugatilgan. Shundan 2 million 124 ming 591 ta (56 %) ijro hujjati bajarilib, 15,1 trillion so‘m (31 %) undirilgan. Amalda undirilganlarning 7,6 trillion so‘mlik 742 ming 476 ta ijro hujjatining muddati buzilgan holda ijro etilgan.

 

2021 yil 1 yanvar holatiga 14,2 trillion so‘mlik 1 090 451 ta ijro hujjati qoldiq bo‘lib o‘tgan. Shulardan, 3,2 trillion so‘mlik 368 250 tasi (40 %) ikki oylik muddati o‘tgan ijro hujjatlari hisoblanadi.

 

Shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotida ham qator muammo va kamchiliklar mavjud.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mib.uz mobil ilovasining ishga tushgani hamda Qashqadaryoda fuqarolar MIB xodimlarining ustidan benzin sepib, yoqib yubormoqchi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Bahriniso Madumarova tayyorladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика