1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

MIB xodimiga bolta ko‘targan rais jazolandi

Qarzdor B.Qilichov ijro harakatlarini olib borayotgan davlat ijrochisi A.Nafasovga qarshilik ko‘rsatib, unga bolta bilan tan jarohati yetkazgan.

MIB xodimiga bolta ko‘targan rais jazolandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda shu yilning yanvar oyida Qashqadaryoning Kasbi tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Majburiy ijro byurosi xodimiga bolta bilan tashlanib, unga jarohat yetkazgani haqida xabar tarqalgandi.

 

Маzkur ish bo‘yicha Qarshi shahrida o‘tkazilgan jurnalist va blogerlar ishtirokidagi matbuot anjumanida mahalla raisiga qanday chora ko‘rilgani haqida ma'lum qilindi.

 

MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Odil Payanovning aytishicha, Kasbi tumanidagi “Xo‘jaqarliq” MFY raisi B.Qilichovdan davlat foydasiga soliq qarzi va davlat boji undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha xonadoniga borilganida, qarzdor B.Qilichov ijro harakatlarini olib borayotgan davlat ijrochisi A.Nafasovga qarshilik ko‘rsatib, unga bolta bilan tan jarohati yetkazgan.

 

Ushbu holat yuzasidan joriy yilning 19-iyul kuni B.Qilichovga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirishkor tuman sudi tomonidan 3 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

 

“Shunday holatlardan yana biri Shahrisabz shahrida ham sodir bo‘ldi. Qarzdorlikni undirish uchun avtomashinani olishga borilganda, mashinani berishdan bosh tortib, xodimlarimizni sudrab, mashinani haydab, bostirib o‘tib ketgan”, — deydi Odil Payanov.

 

Ma'lumot uchun: Joriy yilning shu davrigacha Qashqadaryoda MIB xodimiga kuch ishlatish bilan bog‘liq 5 ta holat kuzatilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qarzdor fuqaro MIB xodimini temir bo‘lagi bilan urib kaltaklagani hamda Qashqadaryoda fuqarolar MIB xodimining ustiga benzin sepib yoqib yubormoqchi bo‘lgani haqida xabar berilgаndi.

 

  Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика