Bill Geyts koronavirusga yo‘liqdi. U hozirda xavotirga o‘rin yo‘qligini, kasallik alomatlari yengil ekanini aytdi. Shifokorlar bemor to‘liq sog‘ayib ketguniga qadar o‘zini izolyatsiya qilishi keraligini taʼkidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bill Geyts tez orada yangi pandemiya boshlanishidan ogohlantirgandi. Shuningdek, Microsoft o‘z xodimlariga majburiy vaksinatsiya joriy qilishi haqida xabar berilgandi.


