1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

Microsoft o‘z xodimlariga majburiy vaksinatsiya joriy qiladi

Sentyabr oyidan boshlab Microsoft xodimlari ofisda ishlash uchun koronavirusga qarshi emlanishlari kerak bo‘ladi. Bu haqida The Verge kompaniyasi bayonotiga asoslanib “Spot” xabar bermoqda.

Microsoft o‘z xodimlariga majburiy vaksinatsiya joriy qiladi

Emlash sertifikatlari kompaniyada ishlamaydigan, lekin AQSHdagi Microsoft binolariga kirishni rejalashtirgan oddiy mehmonlarga ham kerak bo‘ladi. Kontraendikatsiya yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra emlanmagan odamlar uchun ofisga qabul qilishning alohida qoidalari belgilanadi. Kompaniya, shuningdek, 4 oktabrdan kechiktirmay to‘liq ofis faoliyatini qayta boshlashini eʼlon qildi.

 

“Biz faoliyat ko‘rsatayotgan har bir mintaqada, mamlakatda va shtatda mahalliy darajadagi vaziyatni tahlil qilishni davom ettirmoqdamiz va agar kerak bo‘lsa, sanalar va qoidalarni to‘g‘rilaymiz”, – deyiladi bayonotda.

 

Hali koronavirusga qarshi emlanmagan bolalari bo‘lgan yoki immuniteti zaif qarindoshlariga g‘amxo‘rlik qilayotgan xodimlar yanvargacha uydan turib ishlashlari mumkin, deydi Microsoft vakili.

 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Facebook, Google va Netflix ham majburiy emlashni joriy qilishgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика