Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migrantlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani, unda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, mushtlashuv joriy yil 8-fevral kuni Moskva viloyatidagi “Wildberries” omborxonasida bir guruh ishchi va qo‘riqchilar o‘rtasida yuz bergan.
Mahalliy politsiya xodimlari taqdim etgan maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu ommaviy mushtlashuvda O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etmagan.


