1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Migrantlar yuborgan pullarning katta qismiga nimalarga sarflanmoqda?

O‘zbekistonga kelayotgan pul o‘tkazmalari keskin oshdi, mablag‘larning katta qismi esa kundalik hayot xarajatlariga ketmoqda.

Migrantlar yuborgan pullarning katta qismiga nimalarga sarflanmoqda?

Joriy yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonga 15,8 milliard dollar miqdorida xalqaro pul o‘tkazmalari kelib tushdi. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, bu o‘tgan yilga nisbatan 25 foiz ko‘p bo‘lib, pul oqimlarining asosiy qismi Rossiya, Qozog‘iston, AQSH va Yevropa davlatlaridan yuborilgan.

 

Tahlillarga ko‘ra, pul o‘tkazmalarining yarmi an’anaviy tizimlar orqali, qolgan yarmi esa kartadan kartaga (P2P) yo‘li bilan amalga oshirilgan. Markaziy bank P2P o‘tkazmalari ulushi oshayotganini, bu esa norasmiy oqimlarning rasmiy bank tizimiga o‘tayotganidan dalolat berishini ta’kidladi.

 

Muhojirlardan pul oladigan 24 ming fuqaro o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, mablag‘larning 58 foizi kundalik xarajatlarga sarflanadi. Yana 18 foizi kredit to‘lovlariga, 12 foizi jamg‘armaga, qolgan qismi esa ko‘chmas mulk, biznes va boshqa ehtiyojlar uchun ishlatiladi.

 

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha Hindiston eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan — 138 milliard dollar. Meksika, Filippin, Pokiston va Xitoy ham migrantlar yuborgan mablag‘lar hajmi bo‘yicha yetakchi davlatlar qatorida bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика