1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Migratsiya agentligi xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ular bir guruh fuqarolarni aldab, Janubiy Koreyaga ishga yubormoqchi bo'lgan.

Migratsiya agentligi xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, Koreya Respublikasiga ishga yuborish va’dasi bilan fuqarolardan katta miqdorda pul olgan Migratsiya agentligi xodimlari qo‘lga olindi. Bu haqda Zamon.uz’ga DXX xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, agentlikning Namangan viloyati filiali bosh mutaxassisi xizmat mavqeyidan foydalanib, bir guruh fuqarolarni aldab, ularni Janubiy Koreyaga ishga yuborish evaziga 41 ming AQSh dollarini olgan. Tezkor tadbir chog‘ida u ushbu mablag‘ni olayotganida ushlangan. Shuningdek, tergov davomida uning bu noqonuniy faoliyatni agentlikning markaziy apparati bosh mutaxassisi bilan birgalikda amalga oshirgani ma’lum bo‘lgan.

 

Markaziy apparat xodimi ham qo‘lga olinib, u ham o‘sha pullardan 15 ming dollarni olayotganida jinoyat ustida ushlangan. Tekshiruvlar davomida aniqlanishicha, ushbu shaxslar 2024-yilda 80 nafardan ortiq fuqaroni Koreyaga yuborish uchun 700 ming dollardan ortiq pul yig‘ib, ularni hanuzgacha ishga joylashtirmagan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28,211-moddasi (Poraxo‘rlikka yordam berish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. DXX mazkur jinoyiy guruhning boshqa a’zolarini aniqlash va tergovga jalb qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda. Fuqarolarga esa xorijga ishga yuborish bilan bog‘liq har qanday shubhali takliflarni DXXning “1520” qisqa raqamiga xabar qilish tavsiya etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика