1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Milliy gvardiya va ichki ishlar organlariga yangi vakolat berildi

Prezident tegishli farmonni imzoladi

Milliy gvardiya va ichki ishlar organlariga yangi vakolat berildi

 

Prezident "Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.

 

Qonun bilan "O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida"gi hamda Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi qonunlarga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Milliy gvardiya hamda ichki ishlar organlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha chora ko‘rishi belgilandi.

 

Shuningdek, qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish bo‘yicha Milliy gvardiya va ichki ishlar organlariga vakolatlar berishni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritildi.

 

Qayd etilishicha, ushbu qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика