1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Milliy gvardiya xodimi pora olayotgan vaqtda ushlandi

Holat Samarqand viloyatida yuz bergan.

Milliy gvardiya xodimi pora olayotgan vaqtda ushlandi

 

Milliy Gvardiyaning Samarqand viloyati Ishtixon tumanlararo qo‘riqlash bo‘limi xodimi fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini hal qilib berish evaziga 1,5 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari joylarda korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘ydi. Milliy Gvardiyaning Samarqand viloyati Ishtixon tumanlararo qo‘riqlash bo‘limi xodimi fuqaroga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan ochilgan jinoiy ishni hal qilib berishini aytgan.

 

U tanishlari orqali Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qism "v" bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini fuqaroning foydasiga ijobiy hal qilib berishini va’da qilib, pul talab qilgan.

 

Xodim bu xizmati evaziga fuqarodan 1,5 ming dollar talab qilgan va kelishilgan summani olayotgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi. Hozirda unga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan ish ochilib, tergov olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика