Mazkur loyiha deputatlar tomonidan birinchi o‘qishdayoq qabul qilindi.
Milliy gvardiya xodimlariga maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzganlar, Voyaga yetmaganlarni tungi vaqtda ko‘ngil ochish (dam olish) joylarida bo‘lishiga yo‘l qo‘yganlar, jamoat joylarida spirtli ichimliklar ichganlar va boshqalarni jarimaga tortish vakolati berilmoqda.
Unga ko‘ra, Milliy gvardiya organlari MjTKning quyidagi moddalari bo‘yicha huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qo‘llashga haqli ekanligi belgilanmoqda:
— 187-moddasining birinchi qismi (Jamoat joylarida alkogol mahsulotini isteʼmol qilish);
— 188-modda (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlarga jalb qilish);
— 188-2-modda (Voyaga yetmagan shaxsning ko‘ngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda bo‘lishiga yo‘l qo‘yish);
— 192-modda (Maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish) bo‘yicha.
Shuningdek, Milliy gvardiya organlarining mansabdor shaxslari MjTKning 61, 183, 184-2, 184-3, 185, 185-1 (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklardan tashqari) 185-2, 185-3, 186-moddalarida, 187-moddaning ikkinchi qismida, 188-1, 188-3, 189, 189-1, 190, 191, 194-1, 195-1, 196 (Milliy gvardiyaga tegishli qismi bo‘yicha) va 210-1-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlagan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi va belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuborishi belgilanmoqda.


