1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Milliy gvardiyaga ishga kirish tartibi o‘zgardi

Endi qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlangani olib tashlanmaganlarga xizmatga qabul qilinmaydi.

Milliy gvardiyaga ishga kirish tartibi o‘zgardi

 

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi o‘zgartirish kiritildi. Prezident 20 yanvar kuni tegishli qarorni imzoladi.

 

Endi qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarni Milliy gvardiyaga xizmatga qabul qilish rad etilishi mumkin.

 

Ilgari rad etish sodir etgan jinoyati uchun muqaddam sudlanganda (qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan va amnistiya akti qo‘llanilgandan qatʼiy nazar) rad etish ko‘zda tutilgan edi.

 

Bundan tashqari, bolani parvarish qilish taʼtillari muddati xizmat stajiga (shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha xizmat stajiga ham) qo‘shiladi, lekin hammasini jamlaganda 6 yildan oshmasligi kerak. Ilgari 3 yildan oshmasligi belgilangandi.

 

Bunda xizmat muddati har bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda hisoblanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика