Davlat test markazi umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari abituriyentlar va o‘qituvchilar uchun alohida o‘tkazilishi haqidagi savollarga izoh berdi.
“Milliy sertifikat imtihonlari barcha uchun yagona formatda o‘tkaziladi va unda o‘qituvchilar, o‘quvchilar, abituriyentlar, umuman o‘z bilimini sinab ko‘rish istagini bildirgan barcha talabgorlar ishtirok etishi mumkin.
Milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustama to‘lanishi esa ular qaysi tizimda faoliyat yuritishi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchilar mazkur holatga o‘zi ishlaydigan tashkilotdan aniqlik kiritishi lozim”, — deyiladi xabarda.


