1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Milliy sertifikat imtihonlarida kimlar qatnasholmaydi?

Bu imtihon faqat abituriyentlar uchunmi?

Milliy sertifikat imtihonlarida kimlar qatnasholmaydi?

 

Hozirda ko‘pchilik tomonidan milliy sertifikat imtihonida kimlar ishtirok eta oladi, bu imtihon faqat abituriyentlar uchunmi, degan mazmunda savollar berilmoqda.

 

Qayd etilishicha, umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 oktyabrdagi 646-son qarori asosida tashkil etiladi.

 

Mazkur qarorda milliy sertifikat imtihonlarida faqatgina abituriyentlar ishtirok etishi mumkin degan cheklov mavjud emas. Yaʼni ushbu imtihonni barcha topshirishi mumkin.

 

Boshqacha qilib aytganda, chet tili imtihonlarida bo‘lgani kabi o‘z bilimini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan har kim umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etishi va tegishli sertifikatni qo‘lga kiritishi mumkin.

 

Shuningdek, o‘qituvchilar turli tizimlarda faoliyat yuritishidan kelib chiqqan holda, Davlat test markazi o‘qituvchilarga ustama to‘lanishi bilan bog‘liq holatga o‘zi ishlaydigan tashkilotdan aniqlik kiritishni tavsiya etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика