Xabarga ko‘ra, Argentina termasining Eseysadagi mashg‘ulot qarorgohiga Lionel Messining nomi berildi. Messi JCH-2022da jamoasini g‘oliblikka yetaklay oldi va 1986 yil Diyego Maradona davridan beri ilk bor Argentina termasiga mundial titulini keltirdi.
Avvalroq 35 yoshli hujumchi Panamaga (2:0) qarshi o‘rtoqlik o‘yinida jarima zarbasidan gol urib, bu borada tarixdagi eng yaxshilar ro‘yxatida Diyego Maradona va Zikoga yetib olgandi. Hozirda uch futbolchida 62 tadan gol bor.


