1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Mirziyoyev Toqayev bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

Prezidentlar qanday masalalarni muhokama qildi?

Mirziyoyev Toqayev bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

 

Bugun, 3 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Chimkent shahrida norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

 

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Davlat rahbarlari ikki mamlakat Bosh vazirlari o‘rinbosarlari, maxsus ishchi guruhlar hamraislarining imzolangan bitimlar va qabul qilingan qarorlar ijrosining borishi to‘g‘risida hisobotlarini tingladilar.

 

Prezidentlar sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.

 

Madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish muhimligi qayd etildi. Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, bo‘lajak tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика