1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Mirziyoyev va Erdog‘an Anqarada tor doirada muzokara o‘tkazdi

Uchrashuvda O‘zbekiston–Turkiya strategik sherikligini kengaytirish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.

Mirziyoyev va Erdog‘an Anqarada tor doirada muzokara o‘tkazdi

 

 

Anqara shahridagi Prezident saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an o‘rtasida tor doiradagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratildi.

 

Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan bir-birlarini samimiy tabrikladilar. Tomonlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holatini ijobiy baholab, uni siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalarda kengaytirish masalalarini atroflicha ko‘rib chiqdilar.

 

So‘nggi yillarda barcha darajalarda faol va izchil muloqot yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Xususan, strategik rejalashtirish guruhining “4+4” formatidagi uchrashuvi samarali natijalar bergani ta’kidlandi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxonalar soni hamda mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar izchil oshib bormoqda.

 

Uchrashuvda sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy himoya va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mudofaa va xavfsizlik, jumladan, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Yakunda Prezidentlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashib, o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика