1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Mirziyoyevning jadidlarga urg‘u berishi tahsinga loyiq — Adib Xalid

Toshkentda o‘tayotgan “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi ilmiy konferensiyaga tashrif buyurgan amerikalik tarixchi olim tadbir haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Mirziyoyevning jadidlarga urg‘u berishi tahsinga loyiq — Adib Xalid

 

Amerikalik tarixchi olim 11—12 dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi ilmiy konferensiya haqida gapirdi.

 

"Xorijda jadidlar mavzusiga oid doktorlik ishi boshlaganimda bir o‘zim bo‘lganman. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davrda ham bu yerga sayohat qilish oson bo‘lmagan.

 

Keyinroq jadidchilik bilan qiziquvchilar sanoqli bo‘ldi. Hozir jadidlarning qilgan ishlari o‘rganilib, kitoblar nashr etilmoqda. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning jadidlarga urg‘u berishi tahsinga loyiq. 11–12 dekabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan konferensiya ham aynan prezident tashabbusi bilan bo‘lmoqda. Bugun dunyodagi barcha jadidshunoslar Toshkentga yig‘ilgan. Biz ikki kun davomida jadidlar ilgari surgan g‘oya va qilgan ishlarini muhokama qilyapmiz. Qolaversa, jadidchilik bilan qiziquvchi ko‘plab o‘zbek olimlari ishtirok etayotgan tadbirni juda yuqori saviyada ko‘rish — men uchun juda ajoyib", - deydi olim.

 

Maʼlumot o‘rnida: Adib Xalid Pokistonda tug‘ilib o‘sgan, ingliz va urdu tilini ona tilidek biluvchi, o‘zbek, turk, rus, fors, nemis va fransuz tillarini professional darajada o‘zlashtirgan bu tarixchi olim butun ilmiy faoliyatini Turkiston xalqlari tarixini o‘rganishga bag‘ishlagan. Olimning “O‘zbekistonning barpo bo‘lishi” nomli asari yaqin tariximizni o‘rganishda, Milliy istiqlol qahramonlarini tanishda hamda berilgan qurbonliklarni his qilish yo‘lida, tom maʼnoda, katta yangilik bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика