1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi rejalashtirilmoqda

Bishkekda O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi rejalashtirilmoqda

30-iyul kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubaev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga rejalashtirilayotgan davlat tashrifiga tayyorgarlik doirasidagi amaliy choralarni muhokama qildi. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalarida ham fikr almashildi.

 

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlik istiqbollari hamda BMT, SHHT, MDH, TDT, IHT kabi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari muhokama markazida bo‘ldi.

 

Shuningdek, 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan ikki tomonlama tashqi siyosiy hamkorlik dasturi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur hujjat doirasida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi aloqalarni izchil rivojlantirish va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash choralari belgilandi.

 

Muzokaralar yakunida bo‘lajak oliy darajadagi tashrif kun tartibi va ikki tomonlama tadbirlarning aniq yo‘nalishlari muvofiqlashtirildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика