Misrda dam olishni xohlovchilar qo'shimcha xarajatlarga tayyor bo’lishlari kerak. Hukumat Misrdan chiqib ketayotgan sayyohlar uchun 100 misr funti (125 dollar) miqdorida to‘lov joriy qilmoqchi. Buning natijasida aeroportlardagi Duty freeda ham xaridlar qimmatlashadi.
Mamlakat rasmiylari davlat byudjetini to'ldirish uchun turli xil variantlarni qidirmoqda. Hisob-kitoblarga ko’ra, yangi soliq va yig'imlar g'aznaga 5 milliard misr funt sterlingi olib kelishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, ko'plab diqqatga sazovar joylarga chiptalar xaridi naqd pulda amalga oshirilmaydi. Misol uchun, Misr muzeyi chiptalarni bank kartalari orqali sotib olishni talab qiladi. Misr tajribasini boshqa ko'plab mamlakatlarda ham uchratish mumkin. Ayrim davlatlar shu yo'l bilan tashrif buyuruvchilar sonini kamaytirishga harakat qilsa, ba’zi joylar turistik obyektlar va tabiiy resurslarni muhofaza qilish uchun soliqlar kiritmoqda. Barselonadagi sayyohlik solig'ining oshishi ham bunga misol bo'la oladi.


