
To‘rt qavatli binoning qulashi Shubra al-Kxaym hududida sodir bo‘lgan.
Bino devorlarida yoriqlar paydo bo‘lgach, aholi uyni tark eta boshladi.
Yuqori qavatda yuridik firma joylashgan edi. Qulash vaqtida u yerda kompaniya egasi va uning hamkasblari bo‘lgan. Nomaʼlum sabablarga ko‘ra ular binoni tark etmagan. Natijada ikki kishi voqea joyida halok bo‘ldi.
Qolgan ikki kishi esa vayronalar ostidan olib chiqilgan, biroq tan jarohati tufayli kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etdi.
Uy nima sababdan qulab tushgani hozircha nomaʼlum.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil mart oyida Qohira tumanlaridan birida ko‘p qavatli uy qulab tushgandi. Buning oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi. Keyinchalik maʼlum bo‘lishicha, uy egasi bir necha qavatga noqonuniy ravishda bino qurgan va fojia sodir bo‘lishidan oldin binolarning birida taʼmirlash ishlari boshlangan, devorlari yorilib, tayanchi buzilgan.
Avvalroq prezidenti o‘ldirilgan mamlakatda zilzila oqibatida bir yarim ming bino qulagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Nasiba To‘xtayeva


