
Olingan ovozlar soni bo‘yicha ikki nafar o‘zbekistonlik qiz finalga chiqdi. Ular 2 mingdan ortiq ovoz yig‘di. Ulardan biri 23 yoshli Kamola Abdildayeva — RUDN universiteti talabasi. Ikkinchi o‘zbekistonlik ishtirokchi — 25 yoshli urganchlik Rushana Karimova.
Tanlovda hozirda Rossiyada bo‘lgan voyaga yetgan migrant qizlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlovning yarim finalida jami 7 nafar o‘zbekistonlik qiz ishtirok etdi. Tojikiston, Qirg‘iziston, Ukraina, Turkmaniston, Qozog‘iston va Senegal go‘zallari ularga raqib bo‘ldi.
Maʼlumot uchun, "Miss FMR" finali 9 oktyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi.
Tanlovda uch nafar finalchi "Miss FMR", "Vitse-miss FMR" va "Tomoshabinlar eʼtirofi" nominatsiyasi bo‘yicha mukofot oladi.
Migrant ayollar o‘rtasida o‘tkaziladigan go‘zallik tanlovi bu yil ikkinchi marta o‘tkazilmoqda. O‘tgan yili tojikistonlik Fotima Kaladorova g‘olib bo‘lgandi, “Vitse-miss” nominatsiyasi g‘olibligini Rossiyaning Tuva respublikasidan Diana Badirgi qo‘lga kiritdi, “Tomoshabinlar eʼtirofi” esa qirg‘izistonlik Kamila Polotbekovaga nasib qilgandi.
Bundan avval qarishni sekinlashtiruvchi 5 ta odat haqida tavsiya berilgan edi.
Cho‘lponoy Ahmedova


