Kinofestival ochilish marosimida ishtirok etishi kutilayotgan taniqli mehmon o'z davrida "Disko raqqosi", "O‘yna, o‘yna" va "Qirollik ovi" kabi kinokartinalari orqali muxlislar qalbidan joy olgan.
Toshkent xalqaro kinofestivali "Kino 5 kunda", "Jahon mamlakatlari kinosi kunlari", Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali va viloyatlarda yangi kino manzillarning ochilishi kabi katta dasturni o‘z ichiga olgan.
Shuningdek, kinofestival doirasida 14ta xorij davlatlarining kino kunlari bo‘lib o‘tadi. Hindistonning 24 kishidan iborat delegatsiyasi ham o‘zining filmlari va maxsus dasturi bilan ishtirok etadi.
Avvalroq, Turkiyaning mashhur "Chuqur" va "Istanbullik kelin" filmlari qahramonlari tashrifi haqida ham xabar bergan edik.
Yulduz Rustamova


