1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Miyasidan o'simta olib tashlangan erkakning bo'yi yarim metrga o'sdi

Voqea Avstraliyada bo'lgan.

Miyasidan o'simta olib tashlangan erkakning bo'yi yarim metrga o'sdi

 

Avstraliyada o'simtani olib tashlash operatsiyasidan keyin erkakning bo'yi deyarli yarim metrga o'sdi. O'simta miyaning o'sish uchun mas'ul bo'lgan qismlarini to'sib qo'ygan.

 

Jeymi Konnolining bo'yi o'smirligida juda past bo'lgan — atigi 125 santimetr. 16 yoshida esa jismoniy rivojlanishning kechikishi ortida jiddiyroq sabab borligi ma'lum bo'ldi.

 

Shu vaqt ichida Konollining miyasida sekin o'sib borayotgan shish paydo bo'lib, uning rivojlanishi va o'sishiga to'sqinlik qildi. Yigit operatsiyani boshdan kechirdi, shundan so'ng u bir necha oy ichida birdaniga 45 santimetrga o'sdi.

 

Jeymining miyasida o‘simtaning kichik bir qismi hamon saqlanib qolgan, biroq bu faqat uning ko‘rish qobiliyatiga ta’sir qiladi – u ko‘zoynak taqishga majbur.

 

"O'simtaning bir qismi hali ham miyamda, chunki butunlay olib tashlash falajga olib kelishi va meni harakatsiz qoldirishi mumkin", — deydi Jeymi Konolli.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика