1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Modrich mavsum oxirida "Real"ni tark etadi

U o'z raqamini Mbappega topshiradi.

Modrich mavsum oxirida "Real"ni tark etadi

 

"Real Madrid"ning 38 yoshli markaziy yarim himoyachisi Luka Modrich joriy mavsum oxirida shartnomasi tugagach, "Qirollik klubi"ni tark etadi.

 

Manbaga ko'ra, xorvatiyalik futbolchi o'ynagan 10-raqami joriy mavsum yakunida "PSJ"dan ketishini e'lon qilgan hujumchi Kilian Mbappega topshiriadi. Avvalroq, OAVda fransiyalik futbolchi madridliklar klubi bilan 2029-yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolagani haqida ma'lumot paydo bo'lgandi.

 

Eslatib o'tamiz, Modrich 2012-yildan beri "Real"da o'ynab kelmoqda. Bu davrda u barcha turnirlarda 530 ta uchrashuvda qatnashib, 39 ta gol va 85 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика