"Real" yarim himoyachilari Luka Modrich va Toni Kroos Madrid klubini tark etishi mumkin.
"Relevo" nashri xabariga ko'ra, Modrich va Kroosning o'yin vaqti o'tgan mavsumga nisbatan deyarli yarmiga qisqargan va ikkala futbolchi ham bu holatdan norozi. O'yinchilar jamoada yetakchi rollarni saqlab qolishni xohlashadi. Qayd etilishicha, Kroosning shaxsan o'zi rotatsiya futbolchisi bo'lish uchun emas, faoliyatini yakunlash haqidagi fikrini o'zgartirgan.
Luka Modrich 2012-yildan beri Madrid klubida o'ynab kelmoqda. O'tgan mavsumda xorvatiyalik yarim himoyachi "Real" safida barcha turnirlar doirasida 51 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xorvatiyalikning "Real" bilan shartnomasi keyingi mavsum oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko'ra futbolchining taxminiy narxi 10 million yevroni tashkil qiladi.
Kroosning esa "Real" bilan shartnomasi 2024-yilgacha mo'ljallangan. O'tgan mavsumda Kroos barcha turnirlar doirasida 52 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Yarim himoyachi "Real Madrid" bilan birgalikda to'rt marta Chempionlar ligasida, besh marta klublar o'rtasidagi jahon chempionatida va uch marta Ispaniya chempionatida g'olib chiqqan.


