1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Go‘sht yanada arzonlashishi mumkin: Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh qo‘y va echki olib kelinadi

Mo‘g‘uliston tomoni ushbu ishda eksport bojlariga imtiyozlar bergan.

Go‘sht yanada arzonlashishi mumkin: Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh qo‘y va echki olib kelinadi

13 avgust kuni Mo‘g‘uliston Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat vazirligi davlat kotibi Jambalseren Tumur-Uya O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Qosimov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Mo‘g‘ulistondan 100 ming bosh tirik qo‘y va echki sotib olishiga kelishilgan va 15 ming bosh qo‘yning birinchi partiyasi jo‘natishga tayyorligi maʼlum qilingan. 

 

Ilzat Qosimov ushbu ishda eksport bojlariga imtiyozlar berish haqidagi qaror uchun Mo‘g‘uliston Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat vaziri Enxbayar Jadambaga minnatdorlik bildirdi.

 

Shuningdek, O‘zbekistonga eksport qilinayotgan qo‘y go‘shti Mo‘g‘uliston isteʼmolchilari orasida xaridorgir ekani taʼkidlangan. 

 

Bundan tashqari, Ilzat Qosimov ikki tomon o‘rtasida go‘sht savdo tarmog‘ini birgalikda yaratishda xususiy sektor muhim rol o‘ynashini taʼkidlab, Mo‘g‘uliston go‘sht va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritishga taklif qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика