1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga samolyotda ming bosh qo‘y olib kelindi

Rejaga ko‘ra, oktyabr oyi oxirigacha 60 ta parvoz amalga oshiriladi.

Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga samolyotda ming bosh qo‘y olib kelindi

Navoiy xalqaro aeroportiga Mo‘g‘ulistondan jonli yuk bilan birinchi parvoz amalga oshirildi — O‘zbekistonga ming bosh “Bayad” zotli qo‘ylar keltirildi.

 

Qayd etilishicha, umumiy og‘irligi 37 tonnani tashkil etgan jonli yuklar Qirg‘izistonning “KAP kg” ixtisoslashtirilgan yuk aviakompaniyasi tomonidan olib kelingan.

 

Rejaga ko‘ra, oktyabr oyi oxirigacha 60 ta parvoz amalga oshirilib, 50 ming bosh mayda qoramol yetkazib beriladi. Yil oxirigacha umumiy ko‘rsatkichni 100 ming boshga yetkazish uchun noyabr va dekabr oylarida ham xuddi shunday hajmdagi yuk tashish rejalashtirilgan.

 

Qaytish doirasida O‘zbekiston meva-sabzavotlarini Mo‘g‘ulistonga 123 ta havo yuk parvozlarida yetkazish rejalashtirilgan. Barcha parvozlar Navoiy xalqaro aeroporti orqali amalga oshiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика