Kecha Bangladesh sharqi va Myanma qirg‘og‘ida kuchli bo‘ron turdi. Shu bois mintaqada yuqori darajali ogohlantirish eʼlon qilindi.
Maʼlumki, Myanmadan kelgan yuz minglab roxinja qochqinlari yashaydigan dunyodagi eng yirik qochqinlar lageri — Koks-Bazar aynan Bangladeshda joylashgan. Mamlakat meteorologiya xizmati “Mokko” sikloni tufayli shu lager atrofida jiddiy xavf yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Dovul Bangladesh tomon soatiga 160 kilometr tezlikda harakatlanmoqda.
Harbiy-dengiz kuchlari 21 kema, dengiz patrul samolyoti va vertolyot qidiruv-qutqaruv ishlariga tayyorligini bildirdi.
Rasmiylar bo‘ron sabab bo‘lgan kuchli yomg‘ir Chattogram, Koks-Bazar va shu atrofdagi hududlarda ko‘chki paydo qilishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Bangladeshda faoliyat yuritayotgan BMT masʼullari va gumanitar tashkilotlar Koks-Bazardagi lagerga bir necha tonna oziq-ovqat jo‘natgan. Hududda tabiiy ofat yuz bergan taqdirda favqulodda vaziyat brigadalari va avtomashinalar ishga tayyor.
Bangladesh va Myanmada sodir bo‘lgan “Mocha” to‘foni tufayli yuz minglab odamlarni qirg‘oq bo‘yi hududidan evakuatsiya qilinishi rejalashtirilgan.


