Moldova hukumati qishda barqarorlikni ta’minlash maqsadida Ruminiyadan gaz sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, dedi prezident Mayya Sandu. U qish mavsumida mamlakatni energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha favqulodda choralar ko‘rishga va’da berdi.
“Fuqarolarimiz hozir Yevropada o‘rtacha ish haqi bilan taqqoslanadigan eng yuqori narxni to‘lamoqda. Moldovada gaz narxi Ruminiyanikidan ikki baravar qimmat. Kelgusi qishda biz gaz sarfini kamaytirish uchun mazut, o‘tin va ko‘mirdan foydalanamiz. Qishda muzlab qolmaslik va barqarorlikni ta’minlash uchun Ruminiyadan gaz sotib olish bo‘yicha hozirdanoq muzokaralar olib borilmoqda”, dedi Sandu.
O‘z navbatida, Ruminiya prezidenti “Ruminiya hukumati og‘ir ahvolda qolgan Moldovani qo‘llab-quvvatlash choralarini hozirdanoq muhokama qilayotganini” aytdi. Uning ta’kidlashicha, Buxarest yordam bersih variantlarni ishlab chiqmoqda. Ruminiya qanday sharoitda bo‘lishidan qat’i nazar, Moldovaga yordam qo‘lini cho‘zadi.


