Moldova parlamenti spikeri Igor Grosuning aytishicha, mamlakat joriy yil oxirigacha YеIga kirish bo‘yicha muzokaralarni boshlash niyatida.
“2023 yilda biz Yevropa Ittifoqiga integratsiyaning keyingi bosqichiga o‘tmoqchimiz va yil oxirigacha aʼzo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni boshlamoqchimiz. Bu davrda bizni shantaj qilmoqchi bo‘lganlarning provokatsiyalariga uchmaslik, jumladan, qurol ishlatishga berilmaslik muhim”, — dedi u.
Grosuning so‘zlariga ko‘ra, Moldova maqsadiga Yevropa Ittifoqidagi do‘stlari, AQSH va boshqa hamkorlari yordamida, albatta, erishadi.


