Kecha, 25-iyun kuni Moldova Favqulodda vaziyatlar komissiyasi bug‘doy va un eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Mazkur qaror e’lon qilingan kunidan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi. Bu haqda Hukumat matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Moldavada joriy yilgi bug‘doy hosili 900 ming tonnani tashkil etadi. Bu 2021 yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 30 foizga kam, ammo mamlakat ehtiyoji uchun 600 ming tonna bug‘doy yetarli.
Eslatib o‘tamiz, 24-fevral kuni Ukrainadagi vaziyat tufayli mamlakatda favqulodda holat joriy etilgandi. Qonunchilikka ko‘ra, bu davrda Bosh vazir boshchiligidagi Favqulodda vaziyatlar komissiyasi parlament roziligisiz qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi. Shunga ko‘ra, Moldavada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 1 martdan bug‘doy eksporti, 12 mart sanasidan esa un eksporti cheklangan.
Javohirbek TURSUNOV


